Ishtirok etish

Svetlana Yugai

Svetlana Yugai – taʼlimni eksport qilish boʻyicha mutaxassis. U QS World University Rankings jahon reytingiga kiruvchi yetakchi universitetlar bilan faol hamkorlik qilgan. 2016-yildan 2019-yilgacha milliy va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda Oʻzbekiston hududida oʻtkazilgan yettita xalqaro maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda bevosita ishtirok etgan.

Davlat va munitsipal boshqaruv, shuningdek xalqaro aloqalar sohasida ixtisoslikka ega. U Ijtimoiy siyosat sohasida faoliyat yuritadi va notijorat tashkilotlarni tadqiq qilish bilan shugʻullanadi.