Ishtirok etish

Saida Yusupova

“Green Business Innovation” MCHJ bosh direktori va asoschisi.

Saida rahbarlik qilayotgan kompaniya iqlim oʻzgarishi, yashil texnologiyalar, barqaror energiya, qayta tiklanuvchi energiya, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.

Saida iqlim oʻzgarishi sohasidagi eng yirik xalqaro ClimateLaunchpad  startap-tanlovning Oʻzbekistondagi vakili sanaladi, Shuningdek, u suv loyihalari boʻyicha Water Solutions Innovation Lab startap-akseleratori koordinatori va C.A.T Science Accelerator ilmiy startaplar uchun akseleratorda mentorlik qiladi.

Saida “yashil texnologiyalar”, biznes imkoniyatlar, ayollarning texnologik loyihalardagi ishtiroki va ijtimoiy tadbirkorlik mavzularida innovatsiyalarga oid seminar va konferentsiyalarda faol ishtirok etadi.

Shu bilan birga, Saida Central Asia Women in Tech & Science Week asoschilaridan biri, xotin-qizlarni ilmiy-texnikaviy va gumanitar fanlar boʻyicha oʻqitish tarafdori hamda Technovation dasturining Oʻzbekistondagi hududiy elchisi hisoblanadi. Shuningdek u TechWomen, SunPower Corporation dasturlarining ham bitiruvchisidir.