Ishtirok etish

Alisher Yusupov

Alisher Yuspov – 2000-yildan buyon Brand.uz IT-kompaniyasining direktori, StartupFactory.uz (Oʻzbekistondagi startaplarning ilk akseleratori) asoschisi, shuningdek Startup Mix (2013-yildan beri) va Green Business Platform (2016-yildan beri) professional konferensiyalarning ham asoschisidir.

Alisher Yuspov Oʻzbekistondagi startaplar uchun C.A.T. Science Accelerator, Water Solution Innovation Lab, “Startap tashabbuslar” kabi qator akseleratsiya dasturlarida mentorlik qiladi va ularga mutaxassis sifatida taklif qilinadi.

Alisher “Dizayn-fikrlash” va “Tejamkor startap” metodologiyasi va ularni Oʻzbekistonda rivojlantirishning ilk tarafdorlaridan biri hisoblanadi.

Alisher Toshkentdagi Oʻzbekiston-Yaponiya Markazining Professional menejment dasturi hamda Isroil (2016-yilda) va AQSHdagi (2015-yilda) startap dasturlarining bitiruvchisi hamdir.