Ishtirok etish

Nodira Muhammadkulova

Nodira Muhammadkulova – BMTTD, BMT NJB va YUNESKO tomonidan moliyalashtiriluvchi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma loyihasining rahbari. Mazkur loyihaga qadar u BMTTD ning “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda ko‘maklashish” loyihasida davlat sohasidagi innovatsion tadqiqotlar guruhini boshqargan, BMTTDning “Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida esa, mehnat migratsiyasi boʻyicha komponentning koordinatori boʻlib ishlagan.

Nodira BMTTD, JICA, JETRO va GEF kabi xalqaro dasturlarda xalqaro rivojlanish sohasida 15 yildan koʻproq muddat tajribaga ega boʻlib, u turli ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va jamoatchilikka oid loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida oʻz hissasini qoʻshgan.