Ishtirok etish

Islom Oxunov

Islom Oxunov – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlaydi. Uning xalqaro munosabatlar boʻyicha ixtisoslikka ega boʻlishi bilan birga Moskva davlat xalqaro aloqalar institutining xalqaro jurnalistika, madaniy diplomatiya va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha sertifikatga ega.

U hozirgacha oʻz sohasi boʻyicha muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Xususan, Islom Oxunov Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan Xalqaro koʻngillilar forumida, Toshkentdagi Konrad Adenaur jamgʻarmasining “Siyosat sohasidagi ilmiy ishlarning xalqaro standartlari” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan seminar treningda, Belarus Respublikasining Minsk shahrida xalqaro huquq va arbitraj boʻyicha 1 ECTS darajali SILC xalqaro gumanitar huquq kursida hamda Igor Mannning “Aylanmani oshirish” va “CleontoMannia” yoʻnalishi boʻyicha biznes treninglarida ishtirok etgan..

Shuningdek, Islom Oxunov ICYF Yevroosiyo hududiy markazi (Islom hamkorlik tashkilotining Yoshlar forumi), Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va MDH mamlakatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasining ekspertlar kengashi aʼzosi hisoblanadi.