Ishtirok etish

EnvisionBody dan fitnes startapi

OAV uchun

20/01/21

Amerikaning EnvisionBody startapi foydalanuvchilarga muntazam jismoniy mashqlardan keyin qanday ko’rinishga ega bo’lishlarini ko’rsatadigan texnologiya yaratdi.

Kompaniya 2021-yilda kengaytirilgan reallikka ega fitness dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. EnvisionBody so’zlariga ko’ra, startapning asosiy maqsadi — odamlarni faol turmush tarziga undash.

«Yillar davomida kompaniyalar «jismoniy mashqlargacha va undan keyin» rasmlardan o’z mahsulotlarini sotish yoki odamlarni jismoniy mashqlar qilishga undash uchun foydalanib kelmoqda», – deydi startap asoschisi Rey.

Startap yurak urish tezligi, kompyuter kuzatuvi va sun’iy intellekt ma’lumotlaridan foydalanib, hozirgi tana shakliga va mashg’ulotlarga qancha kuch sarflanishiga qarab odam erishishi mumkin bo’lgan mashg’ulot natijalarini ko’rsatadi.

«Tanaga biron o’zgarishni oson qo’shish mumkin, masalan filtrlarni, xuddi Snapchatda bo’lgani kabi. O’chirilgan illyuziyani qayta yaratish qiyin», – deya qo’shimcha qildi startap yaratuvchisi Filipp Levitski. Shuningdek, Filipp Levitski Marvel, Disney va Microsoft bilan hamkorlik qiluvchi kengaytirilgan reallik bo’yicha konsalting agentligini boshqaradi.