Ishtirok etish

JustStart – katta maqsadlar sari birinchi qadam

Tadbirlar anonslari

21/10/20

Yoshlar ishlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qo‘shma loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi yoshlar orasida “JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturiga ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi.

Dastur Fargʻona vodiysidagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning oʻz bizneslarini boshlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishlarida nazariy va amaliy yordam koʻrsatishga moʻljallangan.

Onlayn taʼlim va treninglar orqali quyidagi sohalarda innovatsion loyihalarni yaratish va amalga oshirishda yordam beriladi:

  • axborot texnologiyalari
  • fan
  • ekologiya
  • qishloq xoʻjaligi
  • xotin-qizlar tadbirkorligi

❇️ Dastur doirasida loyiha ishtirokchilari uchun:

  • hamfikrlarini topish;
  • jamoalar tuzish;
  • mashhur ishlab chiqarish korxonalariga onlayn tashrif buyurish;
  • ilgʻor tadbirkorlar, murabbiylar va etakchi mutaxassislardan qimmatli maslahatlari va amaliy tajribalarni olish;
  • biznes gʻoyani amalga oshirishda uchrovchi toʻsiqlarni yengish sirlariga ega boʻlish;
  • biznes g’oyani amalga oshirish va kichik grantni qoʻlga kiritish imkoniyati yaratiladi.

Jamoalar orasidan 10 ta eng yaxshi loyihaga 5000 AQSH dollari miqdorigacha begʻaraz grant taqdim etiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va boshqa maʻlumotlar www.juststart.uz saytida

Ushbu imkoniyatdan foydalaning, innovatsion gʻoyalaringizni yarating va ularni amalga oshirish uchun boshlangʻich mablagʻga ega boʻling! Tanlovda ishtirok eting va COVID-19 pandemiyasida sogʻligʻingizni oʻylab faoliyatni uyda olib boring! Unutmang, pandemiya sharoiti oʻzingizni koʻrsatish va muvaffaqiyatga erishishga toʻsiq boʻla olmaydi!

Loyiha Telegram sahifasiga obuna bo’ling @juststart