Ishtirok etish

Startap uchun eng yaxshi joy qayer?

OAV uchun

28/01/21

Nimblefins analitik resursi Yevropaning startaplarni rivojlantirish bo’yicha eng yaxshi mamlakatlari reytingini e’lon qildi.
Germaniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shveytsariya va Estoniya kuchli beshlikdan o’rin olishdi.

Germaniya
So’nggi 10 yil ichida Germaniya startaplarni iqtisodiyotning drayveriga aylantirdi. Jahon banki reytingida ikkinchi o’rinni egallab turibdi va YaIMsi eng yuqori mamlakatlardan biri.
Biznes muhit. Germaniyada ko’plab mahalliy va xalqaro venchur fondlar mavjud. DST Capital, Goldman Sachs DN Capital, TCV, Rocket Internet va boshqa ko’plab kompaniyalar o’z kapitallarini startaplarni rivojlantirishga yo’naltiradi. Shu bois Germaniyada sarmoyalarni jalb qilish juda oson.
Biznesni boshlash va yuritish qiymati. Minimal ustav kapitali – 12500 €, korporativ soliq – 15%.

Buyuk Britaniya
So’nggi ikki yil davomida Britaniya iqtisodiy ko’rsatkichlarida pasayish kuzatilmoqda. Ammo Qirollikni zabt etmoqchi bo’lgan startapchilarga ortga qaytishga hali erta.
Biznes muhit. Buyuk Britaniya Yevropa venchur kapitali markazi. Britaniyada dunyodagi barcha venchur kapital mablag’larining 30 foizi joylashgan. Biznes farishtalar, investorlar, klasterlar, akseleratorlar, xakatonlarning barcha-barchasi sarmoyalarni jalb qilishni osonlashtiradi.
Biznesni boshlash va yuritish qiymati. Buyuk Britaniyada 24 soat ichida har qanday kompaniyani onlayn ro’yxatdan o’tkazish mumkin, minimal ustav kapitali esa atigi 1 £ni tashkil etadi. Korporativ soliq stavkasi 19% ni tashkil etadi va ishbilarmonlar huquqlarini himoya qilish uchun kuchli institutlar mavjud.

Irlandiya
Irlandiyada ketma-ket YAIMning 7 foizgacha o’sishi kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida, Irlandiyaning yangi biznes uchun jozibador mamlakat ekanligini anglatadi.
Biznes muhit. Irlandiya korporativ solig’i eng past stavkaga ega – atigi 12,5%. Bu mamlakatda biznesni rivojlantirish uchun kredit olishingiz mumkin, ammo venchur kapitalga kirishning deyarli imkoni yo’q.
Biznesni boshlash va yuritish qiymati. Soliq stavkasining pastligiga qaramay, Irlandiyada biznesni ochishda o’sha paytning o’zida uning rivoji uchun 75000 € to’lashingiz kerak bo’ladi. Bundan tashqari, startap loyihangiz hukumatga 10 nafar irlandiyalikni ish bilan ta’minlashi va uch yil ichida 1 million € ishlab topishi mumkinligini isbotlashi kerak. 

Shveytsariya
Shveytsariya to’rt yildan davomida ketma-ket Global Innovation Indexda birinchi o’rinni egallab kelmoqda.
Biznes muhit. O’tgan yili Shveytsariya startaplariga 180 million € sarmoya kiritilgan.
Mamlakat biotexnologiya sohasidagi startaplarni kreditlash dasturlari bilan mashhur. Biotexnologiyadan boshqa sohalar davlat uchun unchalik qiziq emas, shuning uchun imtiyozli kredit yoki sarmoya olish biroz murakkab bo’lishi mumkin.
Biznesni boshlash va yuritish qiymati. Shveytsariyadagi o’rtacha korporativ soliq stavkasi 16,6% ni tashkil qiladi. Mamlakatning har bir kanton (viloyat) daromad solig’ini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Nidvalden shahri bu borada eng jozibali ko’rsatkich – 10,1% stavkaga ega.

Estoniya
Estoniya davlat xizmatlarining 99%i onlayn tarzda ko’rsatiladigan yagona mamlakatdir. Mamlakatda hech qanday byurokratiya yoki murakkab jarayonlar mavjud emas va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan startaplar soni bo’yicha dunyoda eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi. 
Biznes muhit. Hukumat «Startup Estonia» dasturi orqali startaplarni faol qo’llab-quvvatlaydi. Bu dastur o’z navbatida sarmoyalar va hamkorlarni jalb qilishga yordam beradi. Ushbu dastur orqali 650 taga yaqin xorijiy startaplar tashkil etilgan.
Biznesni boshlash va yuritish qiymati. Nimblefins fikriga ko’ra, Estoniya – Yevropada startapni boshlash bo’yicha eng arzon mamlakat hisoblanadi.