Ishtirok etish

Silikon vodiysi muvaffaqiyatining 5 omili

OAV uchun

23/02/21

Silikon vodiysi muvaffaqiyatli startaplarining farqli tomonlari.

Silikon vodiysi sayyoramizdagi eng muvaffaqiyatli joy deb nom olgan. Dunyodagi beshta eng yirik kompaniyalardan uchtasi – Facebook, Google, Apple – ham shu vodiyda joylashgan. Shuningdek, vodiyda Intel, Oracle, CISCO, NETFLIX, LinkedIn va boshqa ko’plab yirik kompaniyalar mavjud.

Biz muvaffaqiyatli startaplardagi mavjud bir nechta farqli tomonlarini tanladik va siz bilan baham ko’rmoqchimiz.
1. Mijozlaringizni «boshidan oxirigacha» o’rganing.
Maqsadli auditoriya va ularning segmentatsiyasi to’g’risida aniq tushunchaga ega bo’lish hozirgi davrgacha bunchalik muhim ahamiyat kasb etmagan.»Xaridor asri»da ommaviy bozor endi biznesda muhim emas. Muvaffaqiyatga erishish uchun siz har bir mijozga individual yondashuvni topishingiz va bilan yaxshi munosabatlar o’rnatishingiz kerak. Pandoraning bu boradagi muvaffaqiyati faqat tinglovchilarga moslashtirilgan kontent taklif qilishga asoslangan.

2. Muammoli nuqtalarga e’tibor qarating. «Insonlarga yaqin bo’lish» ning yana bir usuli – bu sizning maqsadli auditoriyangiz duch keladigan muammolarni, shunchaki innovatsiya talab qiluvchi sohalarni izlash va g’ayrioddiy yechimlarni taklif qilishdir. Plenty buni amalga oshirgan. Ushbu startap yirik shaharlarda sabzavot bog’i o’tlarini yetkazib berish muammosini hal qiladi. ️

3. Yo’nalishni to’g’ri tashkil eting.
Texnik kompaniyalar mahsulotning tobora ko’proq yangi versiyalarini yaratishga, uni doimiy ravishda takomillashtirishga intilishadi. Bu o’z navbatida muvaffaqiyatga hissa qo’shadi. Ammo bu, aslida, nafaqat texnik kompaniyalarga, balki har qanday biznesga tegishli. Groupon, Flickr va Avonni misol qilsak. Kamdan kam hollarda dastlabki g’oya mahsulotga mutlaqo muvaffaqiyat keltiradi. Shunday qilib, MVPdan boshlang u ham dastlabki versiyasida ishlamaydi, siz ham shunday qiling.

4. Raqobatchilardan o’rganing.
O’ziga xos bo’lmagan ko’rinishdan qo’rqmang. Ko’plab rivojlanayotgan bizneslar shunchaki birovning g’oyasini takomillashtirish orqali muvaffaqiyatga erishadilar – Facebook bunga eng yaqqol misollardan biri bo’lishi mumkin. Ba’zan foydalanuvchiga rasmni yuklab olish uchun bir necha soniya kerak bo’ladigan dunyoda bu bir vaqtning o’zida juda qiyin va juda oson.

5. Raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish – sizga eng keraklisi. Albatta, omborxona, logistika va transportdagi robototexnika birinchi navbatda xayolimizga keladi, ammo bu aqlli mashinalar unchalik katta foyda keltirmaslik ehtimoli bor. Masalan, Auris Health – bu Silikon vodiysidagi startap, saraton kasalligini robototexnika yordamida aniqlashga yordam beradi.

O’z g’oyalarini ilgari surishga harakat qilayotgan Silikon vodiysi startaplari foyda olishga intilmasligini tushunish muhimdir. Aslida, bu shunchaki o’z ishiga bo’lgan muhabbatdir.

Jobsni eslang. U oddiy bir uyda yashagan, 50 ta bir xil qora vodolazkasi bo’lgan, eski Mersedesda yurgan. Pul u uchun ahamiyat kasb etmagan. U o’z g’oyasi bilan yongan. Bu orqali bizning dunyomizni yanada o’zgartirdi va osonlashtirdi. Bunday ilhom beruvchi misollar juda ko’p!

#silikonvodiysi #kremniyvodiysi