Ishtirok etish

Sarmoyadorlar pitchda nimani ko’rishni istaydi?

Startapchilarga maslahatlar

23/03/21

Agar siz venchur kapitalistlarga oʻzingizni tanishtirishga tayyor bo’lsangiz, sarmoyadorlar aynan nimani izlayotganini tushunishingiz muhimdir. Ajralib turish uchun taqdimotingiz ikki muhim punktni o’z ichiga olishi kerak (a) sarmoyadorlar izlayotgan o’ziga xos axborot komponentlari va (b) yaxshi imkoniyatni aks ettiruvchi qiziqarli hikoya.

Pitch Genius asoschisi va direktori Jasmin Foroutan aytganidek, sarmoyadorlar mexanik slayd-shoulardandan koʻra pitchda ko’proq narsa xohlashadi:

«Esda qolarli pitchni yaratishda eng katta muammo – bu pitch ko’rinishini aks ettiruvchi syujet chizig’ini yaratishdir. Bu nafaqat sarmoyadorlarning eslashi oson bo’ladigan, balki boshqa potensial sarmoyadorlarga ham takrorlash va ochib berish oson bo’ladigan hikoya chizig’ini yaratish demakdir.»

Sarmoyadorlar rentabellik va tavakkalchilikka asoslangan holda qaror qabul qilishadi: ular qancha foyda olishlari mumkin? Va ularga bu pulni qaytarib olishga nima toʻsiq boʻlishi mumkin? Aksariyat venchur kapitalistlar 10 dan 20 baravargacha foyda olishni xohlashadi.

Ta’sischi sifatida sizning vazifangiz sarmoyadorlarni startapingizni ro’yxatdagi boshqa startaplar bilan taqqoslaganda eng past risk bilan eng yuqori potensial foydaga erishishingizga ishontirishdir.

Umuman olganda, sarmoyadorlar uchta asosiy yo’nalish bo’yicha xavfni baholaydilar:

  • Bozor xavfi: Siz yirik, o’sib borayotgan bozordasizmi?
  • Mahsulot xavfi: Sizda barqaror raqobatbardosh ustunlik bormi?
  • Amalga oshirish xavfi: sizning jamoangiz «buni eplay oladimi»?.

Muvaffaqiyatli pitch namunalari
Quyida mablag’ jalb qilishga erishgan taqdimotlarning bir nechta namunalari keltirilgan.

Mint.com
Ta’sischisi: Aaron Patzer
Moliyalashtirilishi: $ 31,8 mln. 5 raundda, Intuit tomonidan sotib olingan (to’liq taqdimotni tomosha qilish)

Airbnb

Ta’sischilar: Brayan Cheski, Jo Gebbia, Natan Blecharchik
Moliyalashtirilishi: $4,4 mld. 13 raundda (to’liq taqdimotni tomosha qilish)