Ishtirok etish

Just Start doirasida IdeaThon!

Tadbirlar anonslari

18/11/20

Farg’ona vodiysida turli sohalarda dolzarb startaplarni tayyorlaydigan va ularning amaliyotda qo’llanilishini ta’minlaydigan Just Start dasturi doirasida 9-13 noyabr kunlari IdeaThon vebinari bo’lib o’tdi.

IdeaThon nima?
IdeaThon to’rt kunlik intensiv vebinar bo’lib, tanlov ishtirokchilariga o’zlarining loyihalarini strategik rejalashtirish va boshlash uchun ko’nikmalarga ega bo’lishlariga imkoniyat yaratdi. IdeaThonning asosiy afzalliklaridan biri boshqa qatnashchilar bilan o’zaro aloqa o’rnatishga yordam beradigan muhit yaratishidir. Tadbirkorlik qobiliyatiga ega, ammo o’z startapi bo’lmagan ishtirokchilar oldindan shakllangan jamoalarga qo’shilishlari mumkin. Shu bilan birga, tayyor g’oyalarga ega ishtirokchilar esa loyihaning rivojlanishi uchun o’z yo’nalishlaridagi boshqa ishtiokchilar bilan birlashishlari mumkin.

IdeaThon orqali ishtirokchilar qanday bilimlarni egallashdi?
Treninglar davomida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
– Startap nima?
– G’oyaning mohiyati nimada?
– Startapni rivojlantirish uchun tavsiya qilingan faoliyat yo’nalishlari
– Startapni amalga oshirishda akselerator qanday yordam beradi?
– Startapda ishlash uchun qanday jamoa kerak va jamoaviy ishlashning ahamiyati
– Mentor kim va nima uchun startaplarga mentor kerak?

Shuningdek, turli sohalarda o’z tajribasiga ega bo’lgan ushbu dasturga taklif etilgan muvaffaqiyatli mutaxassislar tomonidan:

  • Jahongir Po’latov – “Cambridge” ingliz tili o’quv markazlari va “EdTech Modme startap” o’quv markazi asoschisi.
  • Samira Aslanova – “8 Bit” agentligi hammuassisi, taniqli «EVOS» tarmog’i PR mutaxassisi.
  • Akmal Nasriddinov – “Marketbridge” va “Marketbridge Events” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori.
  • Umid Ishmuhamedov – “Edu-Action” asoschisi va “Khan Academy Uzbekistan” asoschilaridan biri.
  • Ruslan Yo’ldoshev – “D: CODE” kompaniyasi rahbari, Yandex kompaniyasi va Silikon vodiysida tajribaga ega dasturchi.
  • Ulug’bek Ismatov – “BeCreativeMedia” direktori, Loyihalarni boshqarish markazi rahbari.

Vebinar yakunida ishtirokchilar o’zlarining biznes g’oyalarini rivojlantirish bilan bog’liq muammoli masalalarni muhokama qilishdi.