Ishtirok etish

Treker kim va u startap uchun qanday ahamiyatga ega?

Hisobotlar

16/12/20

Startap asoschilarining vazifasi o’z g’oyalarini imkon darajasida tezroq sinovdan o’tkazish, ilk sotuvni amalga oshirish, mahsulot yaratish va uni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda investitsiyalarni jalb qilishdir.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonlarida tajribali trekerning startap loyihasida mavjud bo’lishi loyihaning tatbiq qilinishi imkoniyatini oshiradi va rivojlanish jarayonini tezlashtiradi.

Treker – sinovdan o’tgan metodologiyalar orqali loyihaning tez rivojlanishiga ko’mak beradigan tajribali murabbiy. Treker a’lo darajali «kuzatuvchilik tajribasi»ga, ilk bosqichlarda startaplarning rivojlanishi to’g’risida tushunchaga ega. Treker ishtirokida startap rivojlanishining nafaqat tezligini, balki uning sifatini ham o’zgartirish mumkin.

Trekerning oddiy murabbiydan farqi shundaki, u birinchi navbatda startapchi yo’l qo’yadigan xato va kamchiliklarga o’z diqqat e’tiborini qaratadi, o’z o’rnida ushbu xato va kamchiliklar bartaraf etilmasa startapchi tadbirkor sifatida shakllana olmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek trekerning «kuzatuvchilik tajribasi» va startaplarning ilk bosqichlardagi rivojlanishi to’g’risida tushuncha mavjud.

Trekerning akseleratorlardagi asosiy vazifasi – bo’lajak investor manfaati uchun startaplarning o’sishini ta’minlashdan iborat.

Tajribali IT Park trekerlari Just Start ishtirokchilarining startapini rivojlantirish bo’yicha aniq tasavvurlarini shakllantirishga yordam beradi.