Ishtirok etish

Siz faqat boshlab olishingiz kerak yoki shunchaki «Juststart»!

OAV uchun

02/11/20

⛳️Endigi manzilimiz, Marg’ilondagi raqamli texnologiyalar markazi bo’ldi. IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni jam qilgan maskanda BMT «Farg’ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg’unligi» (https://www.instagram.com/yifergana/) qo’shma loyihasi asosidagi «Technovation girls» hamda «Juststart» loyihalarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

🟠BMT ning Taraqqiyot dasturi O’zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska raqamli olam chegarasizligini, qizlar nafaqat ingliz tilini balki, IT sohasiga ham qiziqishi, o’rganishi kerakligini o’z nutqida ta’kidlab o’tdi. «Technovation girls» loyihasi ishtirokchilarining yangi ishlanmalari ham kelgan mehmonlarni e’tiborini tortdi. Kelajagi bor loyihani kelgusida ham qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari va qatnashuvchilarning savol hamda takliflariga ijobiy javoblar qaytarilgani Farg’ona viloyatida bu sohada oz bo’lsada oldinga siljish borligidan dalolat.