Ishtirok etish

Pitch taqdimotini qanday qilish kerak?

Startapchilarga maslahatlar

05/02/21

Sarmoyador sizga qiziqib qolishi uchun «Pitch taqdimotini qanday qilish kerak?». 

1. Taqdimotingiz 10 daqiqadan oshmasin. 
10 daqiqa taqdimot qilishdan asosiy maqsad – agarda sarmoyador loyihangizga qiziqsa, u savollar beradi, aksincha bo’lsa, siz uning ham o’zingizning ham vaqtingizni tejagan bo’lasiz.

2. Taqdimotingizni hikoyaga aylantiring. 
Hikoyalar – tinglovchilar e’tiborini jalb qilish va diqqatini qaratishning ilmiy jihatdan tasdiqlangan usuli. Sizning vazifangiz – e’tibor va mablag’ni jalb qilish.

3. Muayyan narsaga e’tiboringizni qarating. 
Vaqt o’ta muhim bo’lganligi sababli, biznes rejangizning taqdimotidagi eng muhim nuqtalarga to’liq e’tiboringizni qaratishingiz kerak.

4. Mahsulotingiz yoki xizmatingiz aniq nimaga qaratilganini tushuntiring. 
Mahsulotingiz haqida monoton va to’xtovsiz gapirishdan ehtiyot bo’ling. Aslida sarmoyadorlarga mahsulotning o’zi emas, balki undan keladigan foyda ahamiyatliroq.

5. Maqsadli auditoriyangiz kimligini aniq bilib oling. 
Bo’lajak mijozingiz kimligini ko’rsatish uchun demografik xususiyatlardan foydalaning. Sarmoyadorlarga tegishli ma’lumotlar bilan birga maqsadli auditoriyangizning aniq portretini bering.

6. Savollarni oldindan taxmin qiling va savol berishlaridan oldin ularga javob bering.
Agar sarmoyador qiziqsa, u ko’p savol beradi. Javob berishga oldindan tayyor bo’ling.
Qiyin savollarga malakali va ishonchli javoblar berish orqali sarmoyadorlarga ma’qul keladigan ko’plab qobiliyat va xususiyatlaringizni namoyish etasiz.

#pitchtaqdimoti