Ishtirok etish

O’zbekistonda investorni startapga qanday jalb etish mumkin: pitchdagi 10 odatiy xato

Startapchilarga maslahatlar

25/02/21

Tadbirkor Akmal Solixov qayd etgan startapchilar pitch davomida eng ko’p yo’l qo’yadigan 10 ta xatosi

Pitch paytida nimalarni qilmaslik kerak:

  1. Siz o’zingiz haqingizda juda ko’p gapirasiz: qayerda o’qigansiz, bu g’oya qanday tug’ildi va hokazo. Siz o’zingiz haqingizda faqat loyiha nuqtai nazaridan gapirishingiz mumkin. Siz 10 yil davomida avtoservisda ishlagansiz va onlayn avtoulovlarni ta’mirlash xizmatini yaratmoqchi bo’lsangiz, unda sizning ushbu tajribangiz juda muhim argument hisoblanadi.
  2. O’zingizni uzoq tanishtirishdan boshlaysiz. Iltimos, bizning quloqlarimizni va o’zingizning vaqtingizni asrang. Tashkilotchilar va hay’at a’zolariga tashakkur aytishga 15-30 soniyali qimmatli vaqtingizni sarflashga hojat yo’q. Darhol va shu nuqtadan boshlang: «Salom, mening ismim Akmal, mening loyiham VRonica bo’lib…»
  3. Startapda hech qanday muammo bo’lmaydi. Juda ijobiy tuyuladi, ammo bu asosiy muammo. Har qanday korxona potensial iste’molchi to’lashga tayyor bo’lgan muammoni hal qilishi kerak. Agar siz hal qilmoqchi bo’lgan muammoning hajmini aniq ko’rsatmasangiz, pitch avtomatik ravishda o’z kuchini yo’qotadi.
  4. Startapning raqobatchisi yo’q. Bu ajablanarli, ammo so’nggi yillarda eshitgan deyarli har ikkinchi pitch raqobatchilar ro’yxati va taqqoslash tahliliga ega emas. Ba’zilar qat’iyan butun dunyoda bunday loyiha yo’q deyishadi. Gruziyada bo’lib o’tgan Welcome Challengeda bir startap raqobatchisi yo’qligini aytadi va katta venchur kapital fondi menejeri Yrjo Ojassar darhol telefonidan shu loyihaga o’xshash to’rt-beshta loyihani topadi. Startapchi bu holatda sarosimaga tushgan va hakamlar hay’atiga ushbu loyiha mablag’ olishga tayyor emasligi ayon bo’ladi.
  5. Mahsulot/xizmatning narxi yo’q. Yangi yoki noyob mahsulotingiz haqida gapirasiz, ammo uning narxi haqida ma’lumot bermaysiz. Shuningdek, raqobatchilaringizdagi narxlar haqida ham aytmaysiz. Bu pitchdan keyingi savol-javoblar davomida maslahat berish yoki boshqa ba’zi tafsilotlarni bilib olish o’rniga, xuddi shu savollarga javob berishingizga olib keladi.
  6. Slaydda yoqimsiz narsalarni ko’rsatasiz. Ba’zi tibbiy loyihalarda yaralarni va boshqa noxush tasvirlarni namoyish etishadi, bu esa ekrandan beixtiyor ko’zni olib qochiga sababchi bo’ladi. Bunday tasvirlarni vektor rasmlarga o’zgartiring.
  7. O’zingiz foydalanadigan texnologiyalar haqida gapirmaysiz. Botir Arifdjanov Ground Zero Startup Schooldagi pitch vaqtida: “Kapotgizda nima bor?” deb so’ragan. Siz ajoyib mahsulot haqida gapirasiz, lekin uni qanday tayyorlashingiz, nimadan iborat bo’lishi va hokazolar haqida aytmaysiz.
  8. Asochilarga pul kerak emas. Aniqrog’i, sizga pul kerakligini bilamiz, ammo pitch davomida biz sizga nima uchun pul kerak degan savolga aniq javobni olomaymiz. Startaplar ko’pincha xarjatlar ro’yxatni taqdim etadi, unda talab qilinadigan barcha mablag’larning deyarli 80%i uskunalar va uskunalar (kompyuterlar, mebellar va boshqalar) sotib olish xarajatlari hisoblanadi.
  9. Biznes model masshtabga ega emas. Bu fikrni tushunish juda qiyin va har doim ham bir xil tushunchaga emas, lekin aynan shu sizning bu sohada tajribangiz bo’lsa ham sarmoyadorning sizga mablag’ kiritmasligiga sababchi bo’lishi mumkin bo’lgan asosiy omillardan biri.
  10. Allaqachon mahsulotingiz sotuvda, lekin siz bu haqida aytmaysiz. Ba’zan, pitchdan so’ng, savol-javob paytida siz startap mahsulotlarini sotuvdaligini aytasiz. Ammo sotuv hajmi kam bo’lgani uchun, ba’zida startapchilar bu haqida gapirishni va taqdimotga qo’shishni xohlamaydilar.