Ishtirok etish

Neyming bo’yicha 5 asosiy tavsiya

OAV uchun

24/12/20

Neyming bo’yicha 5 asosiy tavsiya:

1. Nom qisqa bo’lishi kerak. Foydalanuvchilar eslab qolishlari, muloqot paytida foydalanishlari uchun.
Shuningdek, nom aniq va sodda bo’lishi kerak. Ajoyib misollar – «Trello», «Uber».

2. Nomdan foydalanish huquqi bo’lishi kerak.
Bu ikki shartni anglatadi:

  • undan foydalanish uchun qonuniy huquqlarni olishingiz mumkin (savdo belgisi)
  • «.com»(«.uz») domen nomini ro’yxatdan o’tkazishingiz yoki sotib olishingiz mumkin.

3. Talaffuz qilib ko’ring. Nom aniq o’qilishi va yozilishi kerakligini unutmang. Ingliz tilida nom tanlagan bo’lsangiz, u boshqa tilda so’zlashuvchilar uchun ham qulay bo’lishi kerak.

4. Amalda tasavvur qilib ko’ring. Nom talaffuzda qiyinchiliklar tug’dirmasligiga amin bo’lganingizdan so’ng, uni kundalik hayotda tasavvur qilishga harakat qiling. Odamlar buni qanday talaffuz qiladilar? Qanday so’zlar bilan qo’llaydilar? Tez aytilgandachi?

5. Kelajak haqida o’ylang. Savdo belgingizni ro’yxatdan o’tkazing. Bu mahsulot va uning nomini raqobatchilar ishlatishlaridan himoya qiladi. Shuningdek, siz nafaqat nomni, balki logotip, shior va hatto qadoqni ham ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.

Ushbu maslahatlarimiz loyihangiz nomini topish yoki baholashda yordam beradi deb umid qilamiz.