Ishtirok etish

Muvaffaqiyatli taqdimotning 10 qoidasi

Startapchilarga maslahatlar

18/03/21

  1. Aniq pozitsiya. Butun taqdimot uchun aniq bitta maqsad: sarmoyadorlarni jalb qilish, hamkorlik aloqalarini o’rnatish va boshqalar. Xuddi shu faktor slaydlarga ham tegishli. Bitta slayd = bitta fikr. Eng ko’p qilinadigan xato – bitta slaydga juda ko’p matn qo’yish.
  2. 30 soniya qoidasi. Kirish qismi 30 soniyadan oshmasligi kerak. Nutq boshlangandan so’ng, tinglovchilar siz qiziqarli suhbatdoshmisiz yoki uning aksi ekanligingizni 30 soniyada bilib olishadi. Shu vaqt ichida siz tinglovchilarni qiziqtirishga, diqqatini qaratishga ulgurishingiz kerak.
  3. Haddan tashqari murakkablashtirmang. KYSS printsipi – Keep your slide simple. Murakkab dizaynli taqdimotga ko’p vaqt sarflamang. Bu rassomlar tanlovi emas.
  4. Katta shriftdan foydalaning. Sizning taqdimotingiz tinglovchilarning ko’rish qobiliyatini tekshirish uchun emas. Shriftning minimal hajmi 30 pt. Taqdimotingizda to’q fon va turli ranglardan foydalanish tavsiya qilinadi.
  5. Rasmlarni diqqat bilan tanlang. Agar rasm e’tibor tortadigan bo’lsa, chiqishingiz haqida emas, balki rasmga ko’proq ahamiyat qaratishadi. Aniq rasmlardan foydalaning, ma’no hammaga bir xil tushunarli bo’lishi kerak.
  6. Grafikadan to’g’ri foydalaning. Yana bir bor eslatamiz, slaydni murakkablashtirmang. Slaydni tushunish uchun bir marta qarash yetarlimi? Super, ya’ni, tinglovchilar tushunib olishlari uchun ko’p vaqt sarflamaydi.
  7. Voqea haqida aytib bering. Slaydlarni shunchaki o’qimang, ularni jonlantiring: taqdimotingiz uchun ilhom beradigan va esda qoladigan voqea yarating. Voqealar uzoq vaqt esda qoladi va zerikishga yo’l qo’ymaydi.
  8. Tinglovchilar bilan o’zaro aloqada bo’ling. Tinglovchilar bilan ishlang, savollar bering, zalda nigohingizni diqqat bilan harakatlantiring, go’yo siz aniq bir odamga murojaat qilyapsiz va u bilan suhbat o’tkazyapsiz.
  9. Yolg’on gapirmang. Maqsadlarini bo’rttirmaslik va xatarlarni kamaytirish lozim. Aksariyat sarmoyadorlar sarmoya kiritayotgan joylarini bilishadi yoki shunga o’xshash taqdimotlarni ko’p marta eshitishgan, shuning uchun ular haqiqat qayerdaligini osongina aniqlashlari mumkin.
  10. Pitching bilan shug’ullaning. Pitchingni kamida o’n marta mashq qiling.