Ishtirok etish

Moliyaviy savodxonlik

Startapchilarga maslahatlar

27/02/21

Ko’pchilik ko’proq pul ishlab topsam moliyaviy savodxonlikka erishaman deb o’ylaydi, ammo pul ishlab topishdan oldin moliyaviy savodxonlikni bilish lozim.
Moliyaviy savodxon bo’lmagan insonning turmush darajasi deyarli o’zgarmaydi.

Bizning butun hayotimiz moliyaviy qarorlardan iborat:
1. Kreditga telefon olishmi yoki imkoniyatlardan kelib chiqib yashashmi?
2. Pul sarflashmi yoki uni jamg’arish?
3. Investitsiyalar va yangi daromad manbalarini tushunib olishmi yoki uning o’rniga film tomosha qilishmi va hokazo.

Bizning dunyomiz pul va pul bilan bog’liq qonunlar asosiga qurilgan.

Biz siz uchun moliyaviy savodxonlikning bir nechta qonunlarini tayyorladik:
1. Jamg’arma qonuni.
Boy odamlar kambag’allardan nimasi bilan farq qiladi? Ehtimol, farq daromadda deb o’ylarsiz. Aslida, yo’q! Daromad muhim, lekin u 1-darajali ahamiyatga ega emas. Eng muhimi, pulga bo’lgan yondashuvdir. Bu yerda Ikkita sezilarli farq mavjud.
Qashshoqlik formulasi: Daromad = Xarajatlar
Boylik formulasi: Jamg’arma = Daromad – Xarajat

2. Kreditlarga yo’q deymiz!
Banklar sizni qulga aylantirishiga yo’l qo’ymang! Do’stlaringizga hasad qilib, kredit olish va o’zingizga yangi iPhone sotib olish vasvasasi qanchalik katta bo’lmasin, reklama va manipulyatsiyaga berilmang! Birinchi kredit keyingisini, keyingisi esa yana keyingisini yetaklab keladi. Moliyaviy mustaqillikning asosiy dushmani qarzga yashashdir.

3. 10%lik oltin qoida
Ko’p odamlar hozirda pul jamg’arishning iloji yo’q deb o’ylashadi. Qaniydi maoshim oshsa … Qaniydi lavozimim ko’tarilsa … Lekin bularning barchasi xomxayol! Har kim o’z daromadining 10 foizini maosh olishi bilan olib qo’yishi kerak 

4. Moliyaviy hisob
Moliyani kuzatib borish va nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimga ega bo’lishingiz shart emas! Barcha xarajatlaringizni va naqd pul tushumlarini nazorat qilishga odatlaning, shunda siz har doim qancha, qayerda va nimaga sarflayotganingizni aniq bilib olasiz.
⠀⠀
O’rganing, tushuning, qiziqing, moliyaviy mustaqillikka intiling!