Ishtirok etish

Kutib oling! Startap lug’ati!

Startap lug'ati

10/02/21

Just Startdan startapingiz uchun asqotadigan atamalar bilan tanishtirsak:

#yakkashox
«Yakkashox» atamasi biznes sohasida bozor qiymati 1 mlrd. $ va undan yuqori bo’lgan startaplarga nisbatan qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda №1 yakkashox – bu Xitoyning Bytedance kompaniyasi hisoblanib, kompaniyaning asosiy aktivlari TikTok video xizmatidan tashkil topgan (kapitallashuvi 75 mlrd. $)

#pitch
Pitch (ing. pitch — uloqtirish, uzatish) — potential sarmoyadorlarni jalb qilish uchun mo’ljallangan qisqa loyiha taqdimoti. 💸 Pitch maqsadi — sarmoyadorlarni qiziqtirish va mablag’ jalb qilishdan iborat. Taqdimotga sanoqli daqiqalar ajratiladi, shuning uchun taqdimot maksimal darajada tushunarli bo’lishi kerak. Davomiyligi bo’yicha uch turdagi pitch mavjud: Elevator pitch (1 daqiqa), Idea pitch (3 daqiqa), Funding pitch (7-10 daqiqa).

#roadmap
RoadMap (yo’l xaritasi) – mahsulotni rivojlantirish borasida tashkilot uchun muhim bosqichlarni va ularga erishish vositalarini tavsiflovchi harakatlar rejasi hisoblanadi. Qisqasi, Roadmap ma’lum bir vaqt bilan chegaralangan «biz hozir qayerdamiz» va «qayerga ketyapmiz» degan ikkita savoldan iborat. ⠀
Qanday vazifalarni hal qiladi?

  • Mahsulotning missiyasi va strategiyasini o’zida aks ettiradi
  • Strategiyani amalga oshirish uchun asosiy hujjat
  • Odamlar va jamoa uchun harakatlarning asosiy yo’nalishini ko’rsatadi
  • Jarayonning barcha ishtirokchilarini sinxronizatsiya qiladi, keraksiz munozaralar va tushunmovchiliklarga chek qo’yadi
  • «Nega buni qilishimiz kerak?» degan savolga javob berishga yordam beradi.