Ishtirok etish

(Рус) Muloqot turlari

OAV uchun

14/01/21

Muloqot – tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyatga ega. Muloqotning ikki turi mavjud: verbal va noverbal.

Verbal muloqot so’zlar orqali ifodalanib, bu og’zaki yoki yozma nutq bo’lishi mumkin. Fikrlash va og’zaki xabarni idrok etish samaradorligini oshirish uchun so’zlash va yozishga qaratilgan bir qator talablar mavjud:
– aniqlik;
– tushunarlilik;
– mazmun;
– mavjudlik;
– talaffuzning aniqligi;
– yozuv va nutq madaniyati uchun grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga rioya qilish.

Noverbal muloqot – tana tili, imo-ishoralar, tana harakatlari, intonatsiya, ya’ni ma’lumotni so’zlarsiz yetkazish. Bunday turdagi muloqoat mutaxassislar tomonidan ko’pincha noverbal deb nomlanadi.

Bugungi kunda noverbal muloqot zamonaviy inson muloqotining 60%ini tashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida, imo-ishoralar, tana harakatlari, mimika bilan ifodalanadi. Axborotning yana 30%i intonatsiya va tovushlar orqali uzatiladi. Natijada, inson tomonidan muloqot paytida olingan ma’lumotlarning 90 %i nutq ma’nosidan emas, balki imo-ishora va tana-harakatlari orqali olinadi.

Noverbal muloqotning o’ziga xos qulay zonalari mavjud va quyidagilardan iborat:

  • Publik – axborot beruvchidan 400 smdan ko’proq masofada, bu turdagi muloqot ko’pincha sinf xonalarida va uchrashuv paytida qo’llaniladi;
  • Sotsial – masofa 120-400 smni tashkil etadi, masalan, rasmiy uchrashuvlarda, biz yaxshi tanimaydigan isnonlar bilan muloqot qilinayotganida qo’llaniladi;
  • Shaxsiy – 46-120 sm, do’stlar, hamkasblar bilan o’zaro suhbat, vizual aloqa paytida qo’llaniladi.

Muloqot paytida tana harakatlarini diqqat bilan kuzatishingiz kerak. Tana harakatlari ochiqlikni anglatishi kerak. Qo’llaringizni yopmang va oyoqlaringizni oyoqlaringiz ustiga qo’ymasligingiz, yelkangizni to’g’ri tutishingiz kerak. Agar suhbatdosh biron bir narsaga qiziqsa, u tanasini biroz egiltiradi. To’xtab qolish noaniqlik sifatida qabul qilinadi.

Oyoqlarni silkitish yoki barmoqlarni qarsillatish suhbat zerikarli bo’layotganligini yoki suhbatni tugatishga shoshilayotganlikdan dalolat beradi. Suhbatdoshning yopiq tana harakatlari suhbatga bo’lgan ishonchning yo’qligi yoki aytilayotgan narsalarni to’liq tushunmayotganligiga ishora sifatida qaraladi. Agar mehmon oyoqlarini eshik tomon yo’naltirgan bo’lsa, u ketishga shaylanayotganligini bilib olish mumkin. Boshni oldinga egish, aytilayotgan ma’lumotlarga e’tibor qaratilayotganligini va bu ma’lumot haqida mulohaza qilinayotganligini anglatadi.

Startap loyihangiz va taqdimotlar paytida siz yuqoridagi fikrlarni inobatga olishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.