Ishtirok etish

JustStart – katta maqsadlar sari birinchi qadam

18/10/20

Yoshlar ishlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qo‘shma loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi yoshlar orasida “JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturiga ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi.

Dastur Fargʻona vodiysidagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning oʻz bizneslarini boshlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishlarida nazariy va amaliy yordam koʻrsatishga moʻljallangan.

Onlayn taʼlim va treninglar orqali quyidagi sohalarda innovatsion loyihalarni yaratish va amalga oshirishda yordam beriladi:

  • axborot texnologiyalari;
  • fan;
  • ekologiya;
  • qishloq xoʻjaligi;
  • xotin-qizlar tadbirkorligi.

❇️ Dastur doirasida loyiha ishtirokchilari uchun:
– hamfikrlarini topish;
– jamoalar tuzish;
– ilgʻor ishlab chiqarish korxonalariga onlayn tashrif buyurish;
– muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, murabbiylar va yetakchi mutaxassislardan qimmatli maslahatlar olish;
– biznes gʻoyani amalga oshirishda uchrovchi toʻsiqlarni yengish sirlarini oʻrganish;
– biznes gʻoyani amalga oshirish va kichik grantni qoʻlga kiritish kabi imkoniyatlar yaratiladi.

Jamoalar orasidan 10 ta eng yaxshi loyihaga 5000 AQSH dollari miqdorigacha begʻaraz grant taqdim etiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va boshqa maʻlumotlarni www.juststart.uz saytidan olish mumkin.

Ushbu imkoniyatdan foydalaning, innovatsion gʻoyalaringizni yarating va ularni amalga oshirish uchun boshlangʻich mablagʻga ega boʻling!

Tanlovda ishtirok eting va COVID-19 pandemiyasida sogʻligʻingizni oʻylab faoliyatni uyda olib boring! Unutmang, pandemiya sharoiti oʻzingizni koʻrsatish va muvaffaqiyatga erishishga toʻsiq boʻla olmaydi!

Loyiha Telegram sahifasiga obuna bo’ling: @juststart