JustStart Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma loyihasi tashkil qilingan. Akselerator startaplarga tez va sifatli tarzda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Ekspertlarimiz esa, oʻz bilim va tajribalarini ushbu tanlov ishtirokchilari bilan oʻrtoqlashadi. Maqsadimiz – startap xavf-xatarlarini kamaytirish, uning investorlar uchun qiymati va jozibadorligini oshirishdir. Biz jamoalarga turli yo‘nalishlarda bilim beramiz, ularga biznes-modelni ishlab chiqishlarida yordam beramiz va tadbirkorlik faoliyati ko‘nikmalarini oʻrgatamiz. Jamoalarni jadal o‘qitish va ularning loyihasini amalga oshirish dasturi hisoblangan akselerator keng koʻlamli biznesni qurishga yordam beradi.