Ishtirok etish

Akselerator nima

“JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturi Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil qilindi.

JustStart akseleratsiya dasturi tashkilotchilarining global maqsadi – Farg‘ona vodiysidagi mahalliy yashashga qodir tijorat startaplarini tayyorlash va ishga tushirish, texnologik tadbirkorlikni ommalashtirish, hududda texnologik loyihalarni o‘stirish va hududning innovatsion faoliyatini oshirishdan iborat. JustStart doirasida turli formatdagi va turli mavzudagi akseleratsiya dasturlari o‘tkaziladi. Dastur shunday tuzilganki, bu akseleratordan onlayn-formatda va oflayn-formatda foydalanish imkonini beradi, uni turli – IT-texnologiyalar, fan, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, ayollar tadbirkorligi mavzularini rivojlantirishda qo‘llash mumkin.  

JustStart qisqa muddatli innovatsion dasturlarining davomiyligi uch oydan olti oygacha. Davr har bir alohida holatda o‘zgartiriladi va u konkret akseleratsiya dasturiga bog‘liq bo‘ladi.