“JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturi Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil qilindi.


“JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturi Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi va BMTning “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil qilindi.
Biz Fargʻona vodiysidagi (Andijon, Namangan, Fargʻona) yosh tadbirkorlarni faol ishtirok etishga va jadal oʻqitishga taklif etamiz. Agar axborot texnologiyalari, fan, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, xotin-qizlar tadbirkorligi sohalarida innovatsion loyiha muallifi va uning ishlab chiquvchisi boʻlsangiz, akseleratorga xush kelibsiz! “JustStart” hududiy startaplar uchun akseleratsiya dasturi loyihangiz rivojiga turtki beradi va kim bilsin, balki bu loyiha kelgusidagi hayotingizda katta burilish yasar!
Tadbirlar taqvimi
Biz ushbu bo‘limda siz uchun akseleratsiya dasturiga taalluqli asosiy atamalar va tushunchalar, xususan, akselerator turlari, loyihalaringizni akseleratsiya qilish jarayonida qatnashadigan asosiy shaxslar, loyiha ustida ishlaganda bilishingiz zarur bo‘lgan turli metodologiyalar bayoni haqidagi ma’lumotlarni to‘pladik. Maʼlumotlar siz uchun ixcham va qulay shaklda taqdim etiladi. Ulardagi foydali maqolalar va videomateriallarga havola beriladi.
1
JustStart Akseleratori dasturida qatnashishga ariza berish
2
Mahalliy mutaxassislar ishtirokidagi IdeaThon va loyihalarni saralash
3
Akseleratsiya dasturining faoliyati: ma’ruzalar, treninglar va mahorat darslari
4
Psixologlar, biznes-trenerlar bilan treninglar, ekspertlar bilan alohida darslar
5
Mahalliy mutaxassislar bilan alohida darslar
6
«Speed mentoring» va «MOCK SALES» interfaol darslari
7
Alohida trenerlar darslari
8
Investor va jurnalistlar uchun namunaviy kun
Akselerator loyihalarini raqamli rivojlantirish va OAVda targʻib qilish
Lean Startup, Customer Development, Business Model Canvas metodologiyalari
Investitsiyalar va mukofotlash
Namunaviy kun va investorlar bilan uchrashuvga tayyorgarlik
Yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish
Startaplar, marketing, biznes-rejalashtirish boʻyicha ekspertlar va mentorlar
Dizayn-fikrlash laboratoriyasi
Biznesni tashkil qilish va rivojlantirish dasturida qatnashish